Google: smartfonlarga yakuniy talqindagi Android 10 keyingi haftadayoq yetib keladi!

  •   DiMaX
  •  636
  •  27.08.2019 11:12

Google: smartfonlarga yakuniy talqindagi Android 10 keyingi haftadayoq yetib keladi!

Qidiruv giganti o‘z operatsion tizimining o‘ninchi avlodini mart oyi o‘rtasida ilk beta-talqinda taqdim etgan. O‘shandan buyon uning bir nechta beta-versiyasi chiqqan va ulargacha yangilanuvchi Samsung, Xiaomi hamda Huawei va Honor smartfonlari ro‘yxatlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Androidlar endi shirinliklar nomi bilan atalmaydi

Kecha esa Android 10 operatsion tizimining yakuniy talqini chiqadigan sana ham ma’lum bo‘ldi. Google Pixel smartfonlari uni roppa-rosa bir haftadan so‘ng – 3 sentyabrdayoq qabul qiladi. Phone Arena nashriga bu haqda Google texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatidagi ikki nafar xodim ma’lum qilgan.

Aytish kerakki, «Piksel»larning barcha avlod vakillariga – Pixel 3, Pixel 3XL, Pixel 3a, 3a XL, Pixel 2/2 XL va hatto 2016 yilgi original Pixel hamda Pixel XL modellariga ham ushbu apdeyt o‘sha kunidan kela boshlaydi.

Boshqa ishlab chiqaruvchilarning smartfon va planshetlari uchun Android 10 operatsion tizim talqiniga asoslangan proshivkalar qachondan tarqatilishi hozircha aniq emas. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: LineageOS yordamida eski rusumlardagi smartfonlarga ham Android 9 Pie o‘rnatamiz! (+yuklab olish uchun havolalar)