Google sobiq rahbari sizu bizni haqorat qildi!

  •   DiMaX
  •  1221
  •  23.10.2020 09:53

Google sobiq rahbari sizu bizni haqorat qildi!

Bugungi kunda hayotimizni ijtimoiy tarmoqlar ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin – u yerlarda biz muloqot qilamiz, yangiliklardan boxabar bo‘lamiz va hokazo. Lekin bu holatga salbiy munosabatda bo‘luvchilar aynan texnologiyalar olamida ham mavjud.

O‘QING: Instagram tarixida eng ko‘p layk to‘plagan postlar top 20 taligi bilan tanishing

Shu jumladan, Google kompaniyasining sobiq yetakchisi – Erik Shmidt kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar va ularning foydalanuvchilari haqida qattiq gapirgan. Mazkur tarmoqlarni u «ahmoqlar va aqldan ozganlar uchun ovoz kuchaytirgich», deb atagan.

Shmidt fikricha, yaqin yillar ichida ijtimoiy tarmoqlar va boshqa internet-platformalar qattiq nazorat va boshqaruv ostiga olinadi. Tarmoqlarning asoschilari ularning hozirgi – «ahmoqlar va aqldan ozganlar uchun ovoz kuchaytirgich» holatiga kelishini istamaganlar, deydi u. Mazkur soha o‘zaro muvofiqlashib oqilona harakat qilish yo‘lini o‘ylab topgunicha ularni nazoratga olib turishadi.

Google kompaniyasida uning muassislari – Sergey Brin hamda Larri Peydj asosiy o‘rin tutishi shubhasiz. Kompaniyada o‘z ahamiyatiga ko‘ra ulardan so‘ng Erik Shmidt turar edi. Asoschilar uni kompaniyaga 2001 yili chaqirib olishgan va direktorlar kengashi raisi lavozimini berishgan, lekin keyinchalik boshqa vazifalarga o‘tkazilib, shu yil bahorda qidiruv gigantidan butunlay ishdan ketgan.

Yana bir qiziq fakt: Google’ga ishga olishda nomzodlarga beriladigan sinov savoliga Erik Shmidt javob bera olmagan! Bu qiziq savol to‘g‘rida mana bu xabarimizda batafsil o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: Inha universitetini bitirgan yosh yurtdoshimiz Facebook’da muhim lavozimda ish boshladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!