Google sovriniga da’vogar ilova va o‘yinlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1225
  •  26.04.2019 16:44

Google sovriniga da’vogar ilova va o‘yinlar bilan tanishing!

Qidiruv giganti o‘z ilovalar do‘konidagi eng yaxshi dasturlarni aniqlash uchun Google Play Awards 2019 tanlovini e’lon qildi. G‘olib ilovalar dasturchilarga mo‘ljallangan Google I/O 2019 konferensiyasidan bir kun avval, 6 may kuni ma’lum bo‘ladi.

O‘QING: Google Play Awards 2018: yilning eng zo‘r o‘yin va ilovalari taqdirlandi

Bu yilgi Google Play Awards mukofotiga da’vogarlar soni 45 ta bo‘lib, ular to‘qqizta toifa bo‘yicha o‘zaro musobaqalashadilar.

«Salomatlik va fitnes» toifasida Kinedu, My Oasis, Shine, SleepTown va Woebot dasturlari bor. «Universal» turkumida – Envision AI, Guiaderodas Accessibility, Race Together!, TintVision, WheeLog! hamda Best Social Impact o‘zaro kuch sinashadilar. «Ijtimoiy ta’sir» doirasida Bury me, my Love, Plantix, Reblood, Think!Think! hamda Wisdo ilovalari mavjud.

«Eng zo‘r o‘yin» tarzida esa Asphalt 9: Legends, Badland Brawl, Chuchel, Gorogoa va Shadowgun Legends’dan biri tan olinadi. «Mehmonxona uchun» mo‘ljallangan dasturlar orasidan ivi, Neverthink, Pluto TV, Tubi va Viki g‘oliblik uchun kurashadi. Eng «Kashfiyotchi» ilova esa Cube Escape: Paradox, Firework, Scripts, Tick Tock hamda Wysker orasidan tanlanadi.

Eng «ommabop» ilova deb Canva, Cookpad, Garena Free Fire, PicsArt Photo Studio yoki Viki tanlanishi mumkin. Eng «yorib chiqqan» ilova – Dave, Khan Academy Kids, Notion, Slowly yoki Tasty bo‘lishi mumkin. Eng «yorib chiqqan» o‘yin nomi uchun esa Garena Free Fire, Old School RuneScape, Harry Potter: Hogwarts Mystery, Marvel Strike Force va Star Trek Fleet Command o‘zaro jang olib boradi.

O‘QING: D.I.C.E. Awards 2019: Eng zo‘r o‘yinlar mukofotlandi