Google sun’iy idrokli messenjer ishlab chiqarmoqchi

Google sun’iy idrokli messenjer ishlab chiqarmoqchi

Google kompaniyasi mobil xabarlar almashish xizmatida burilish yasamoqchi. Yangi xizmatda sun’iy idrok mavjud bo‘ladi.

Gap savollarga javob beruvchi chat-botlar ustida ketayotibdi. Foydalanuvchilar do‘stlari bilan bir qatorda botlar bilan ham muloqotga kirisha oladi.

Google yangi messenjerni qachon ishga tushirishi va kelajagiga qanchalik ishonch borligi noma’lum. Kompaniya bu xususda sharh berganicha yo‘q.

Google sun’iy idrok yaratish yo‘lidagi tadqiqotlarini kengaytirmoqda. Bu haqda ilgari xabar bergan edik. Iyun oyida odamday gaplasha oladigan hamda filmdagi so‘zlashuvlarni idrok va tahlil qiladigan bot yaratilgani haqida gap tarqalgan edi. Google ichki manbalari aytishicha, yangi messenjerning shunday funksiyasi bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!