Google surat qidiruvi o‘zgarib qolgan – uni avvalgi holiga qaytaramiz

  •   DiMaX
  •  281
  •  30.08.2019 14:51

Google surat qidiruvi o‘zgarib qolgan – uni avvalgi holiga qaytaramiz

Siz ham payqagan bo‘lsangiz kerak – qidiruv giganti rasmlar izlash xizmatining dizayniga yaqinda o‘zgarish kiritgan. Agarda bunaqa ko‘rinishi sizga ma’qul kelmayotgan, ko‘nikish qiyinroq bo‘lsa, oldingi holiga qaytarish yo‘li bor.

O‘QING: Google Assistant yuzingizni skaner qilishga deyarli tayyor!

Avval unda biror rasmni tanlaganingizda uni shu joyning o‘zida, pastida kattaytirib ko‘rsatar edi. Endi esa ekranning o‘ng yonida qalqib chiquvchi panelda aks ettiradigan bo‘lgan:

Buni o‘sha oldingi ko‘rinishiga qaytarishda bizga Google Images Restored nomli brauzer kengaytmasi yordam beradi. Mazkur dasturiy ta’minotni Google Chrome brauzeri uchun mana bu, Firefox uchun esa mana bu havolalar orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Google xavfsiz qidiruvda ham bolalarga yarim yalang‘och pornoaktrisalarni ko‘rsatyapti

Google Images Restored kengaytmasi o‘rnatganingizdan so‘ng esa rasmlar qidiruv sahifasi mana bunaqa ko‘rinishda ochiladi:

Faqat e’tiborga oling: bunda suratni ulashuvchi «Podelitsya» hamda tanlanganlarga qo‘shib qo‘yuvchi «Dobavit v podborki» tugmachalari yo‘qolib qoladi.

O‘QING: Internetda kimlarni izlash eng xavfli?