Google tarjimoni faqat Putinni prezident deb hisoblayapti!

  •   DiMaX
  •  1842
  •  18.12.2020 12:01

Google tarjimoni faqat Putinni prezident deb hisoblayapti!

Onlayn o‘girish servislari orasida eng ommaboplaridan biri Google tarjimoni bo‘ladi. Lekin shu kunlarda unda g‘alati bir holat kuzatilmoqda.

O‘QING: Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

Agar unga ingliz tilida «Thank You, Mr President» yozuvini kiritib, ruschaga o‘girtirsangiz, antiqa tarjima chiqyapti: «Spasibo, Vladimir Vladimirovich».

Aslida esa bu jumlaning to‘g‘ri tarjimasi «Spasibo, gospodin Prezident» bo‘lishini barchamiz bilamiz. Masalan, uni o‘zbekchaga o‘girishda tarjimon adashmayapti:

Aftidan, bu yerda gap Google tarjimonining ishlash xususiyatida – uning algoritmlari muntazam o‘rganib boradi. Agar o‘girilayotgan jumlani ushbu servis to‘g‘ri tushunmayotgan bo‘lsa, istalgan foydalanuvchi uning tarjimasini tahrirlashi mumkin. Kimdir shundan foydalanib, «Thank You, Mr President» jumlasining «Spasibo, gospodin Prezident» shaklidagi tarjimasini ko‘p martalab «Spasibo, Vladimir Vladimirovich»ga o‘zgartirgan. Tizim esa uning variantini to‘g‘ri tarjima sifatida eslab qolgan.

O‘QING: Nega shifokorlarga Putinni suratga olgan smartfonni yo‘q qilish buyurildi? (+video)