Google va ASUS birgalikda Nexus 7 planshetini ishlab chiqarmoqchi

Google va ASUS birgalikda Nexus 7 planshetini ishlab chiqarmoqchi

Nexus planshetining kelajagi bor ko‘rinadi. Yaqinda Google va Asus kompaniyalari Nexusning navbatdagi yangi seriyasini ishlab chiqarishni mo‘ljallashyapti. Bu haqda Asus kompaniyasi vakili bildirdi. Nexusning “kichik uka”larni omma g‘oyat muvaffaqiyatli qabul qildi. Bu yutuqdan ruhlangan Asus firmasi loyihani Google bilan birgalikda davom ettirishga qaror qildi. Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Google va Asus planshetning uchinchi avlodini ishlab chiqarishga qaror qildi. Jonni Shining aytishiga ko‘ra planshet korpusi loyihasi tayyor bo‘ldi, batafsil texnik tavsifi, hozircha, ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Google va Asus 2012 yilda Android bazasida Nexus planshetini ishlab chiqarishgan, bir yil o‘tib esa Nexus 7ning ikkinchi avlodi yaratilgan edi. Ikki gigant hamkorlarning bu bilan cheklanish niyati yo‘q.