Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!

  •   DiMaX
  •  2243
  •  13.04.2019 16:09

Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!

AQShda kuni kecha Nexus 6P smartfonlari egalarining ommaviy arizasi asosida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Mazkur ariza 2017 yilning aprelida topshirilgan bo‘lib, sudlashuvlar roppa-rosa ikki yil davom etdi.

O‘QING: Google Nexus 6P yoki OnePlus 2: yetakchilik bayrog‘i uchun kurash

2015 yili rasman namoyish etilgan Nexus 6P ushbu brend ostidagi so‘nggi modellardan biri bo‘lib, juda muammoli chiqib qoldi. Ishlatila boshlaganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmasdan bu smartfon o‘z-o‘zidan o‘ichib qoladigan, so‘ngsiz o‘chib-yonaveradigan yoki yonmay qoladigan odatlar chiqargan. Ularni ta’mirlab bo‘lmas edi, faqat ayrim foydalanuvchilar bu muammolarni yechishning boshqacha yo‘lini topishgan. Ya’ni, ular smartfonlarini protsessor yadrolarining bir qismini uzib qo‘ygan holda qayta proshivka qilishgan. Garchi juda sekinlashib qolsa-da, shunday qilingan smartfonlargina o‘chib qolmasdan ishlagan.

Daa’vogarlar Nexus brendining egasi – Google hamda ushbu modelni unga tayyorlab bergan Huawei kompaniyalarini sudga berib, ulardan jami 9,75 million AQSh dollari talab qilishgan. Ularning ta’kidlashlaricha, Nexus 6P modellarining barchasida boshidanoq ishlab chiqarishdagi nuqson bo‘lgan. Google esa buni bilsa ham keyingi partiyalarda defektni bartaraf etmasdan sotavergan.

Xullasi kalom, sud shunday qaror chiqardi: bu ikki kompaniya AQSh hududidagi Nexus 6P xaridorlarining har biriga 400 dollardan to‘laydi. Bunda smartfondagi nuqson darajasi inobatga olinmaydi – barchaga birdek 400 dollardan!

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!