Google va Mozilla vs. Qozog‘iston

Google va Mozilla vs. Qozog‘iston

Google va Mozilla Qozog‘iston hukumatining internet trafik o‘tkazilishiga aralashishini to‘xtatishga kirishdi.

Ushbu harakat mamlakatdagi barcha internet xizmati provayderlarining (ISP) foydalanuvchilarni har bir qurilma va brauzerga hukumat taqdim qilgan sertfikatni o‘rnatishga chaqirgani haqidagi xabarlardan so‘ng boshlandi. Hukumat tomonidan aholiga ushbu sertifikatlar xavfsizlik chorasi deb tushuntirilgan.

Biroq, Google va Mozilla hukumatning foydalanuvchilar yozgan postlar yoki xabarlarni qayta shifrlab, ularni o‘qishiga imkon bermasliklarini ma’lum qildi.
Xalqaro standartlarga ko‘ra, Qozog‘istonda inson huquqlari yuqori darajada ta’minlangan emas. Post-sovet davlatining Raqamli rivojlanish vazirligi poytaxt Nur-sultondagi telekommunikatsiya operatorlari xakerlik, onlayn tovlamachilik va boshqa kiberhujumlarga qarshi “himoyani kuchaytirish“ maqsadida texnik ishlar olib borayotgani haqida ma’lumot berdi. Lekin Google va Mozilla bu izohga ishonmayapti; ular hukumat sertifikatlarini bloklash uchun brauzerlarda “texnik yechim“dan foydalanishlari xabarini berdi.

“Biz hech qachon hech bir hukumat yoki boshqa har qanday tashkilot Chrome foydalanuvchilari ma’lumotlari xavfsizligini shubha ostiga qo‘yishiga jimgina qarab turmaymiz. Aynan mana shu masalaga qarshi himoya choralarini joriy qildik va har doim butun dunyodagi mijozlarimizni himoya qilish choralarini ko‘rib boramiz“, deydi Google Chrome katta injiniring direktori Perisa Tabriz.

Mozilla'ning ishonch va xavfsizlik bo‘yicha bosh direktori Marshal Ervin esa quyidagilarni aytib o‘tdi:: “Butun dunyodagi foydalanuvchilarimiz Firefox ularni himoya qilishiga, ayniqsa, hozirgiga o‘xshash, ularning xavfsizligiga rahna soluvchi hujumlardan himoya qilishiga ishonishadi. Bunga o‘xshash holatlarga yengil qaramaymiz. Foydalanuvchilarni himoya qilish va internetning ochiqligi Firefox'ning asosiy maqsadidir“.

The Hacker News texnologiya saytining ma’lum qilishicha, Apple ham Qozog‘iston hukumati sertifikatlarini o‘zining Safari brauzeridan bloklab qo‘ygan.

2015 yilda ham qozoq hukumati xuddi hozirgidek dasturiy ta’minotni Mozilla Firefox'ga o‘rnatmoqchi bo‘lgan. O‘shanda hukumatning bu talabi rad etilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgandi.
Qozog‘iston hukumatining internet trafik o‘tkazilishini kizatib borishini o‘rgangan Censored Planet tadqiqotchilarining ma’lumot berishicha, mamlakatda Facebook, Twitter va Google saytlari kuzatib kelingan.

O‘QING: Komil Allamjonov: «Xorijiy saytlardan to‘liq foydalanish mumkin bo‘ladi»