Google va nihoyat Android'ga iPhone'ning eng zo‘r xususiyatini taqdim etadi

Google va nihoyat Android'ga iPhone'ning eng zo‘r xususiyatini taqdim etadi

Bir necha yillardan buyon iPhone va Android'lar o‘rtasidagi tafovut torayib bormoqda. Biroq bir jihat borki, unda iPhone'lar Android qurilmalarni yer tishlatadi. Bu ham bo‘lsa dastur yangilanishi.

O‘QING: Google Pixel 6 va 6 Pro'ning to‘liq texnik ko‘rsatkichlari sizdirildi

Apple o‘zining iPhone'larini besh yil davomida qo‘llab-quvvatlaydi. Mana, masalan, bu yil chiqajak iOS 15'ni olaylik. Mazkur tizim 2015 yilda chiqqan iPhone'larga ham jo‘natiladi. Bu, albatta, maqtashga arziydi.

Xuddi shunday, o‘zining yangi Pixel 6 smartfonlari bilan Google ham foydalanuvchiga ayni amaliyotni taqdim etishni rejalashtirayotgan ko‘rinadi.

Jon Prosser'ning Twitter'da qoldirgan postidagi 50MP kamera, 12GB RAM yoki 5,000 mAs akkumulyator emas, balki besh yillik dastur yangilanishi ko‘pchilik uchun eng quvonarli yangilik bo‘lgan bo‘lishi aniq.

«Menga aytishlaricha, Google har ikki qurilma [Pixel 6 ва Pixel 6 Pro] ni kamida 5 yil dastur yangilanishi bilan ta’minlashga qaror qilgan. Bu ZO‘R YaNGILIK, ayniqsa, agar bu telefonlarni olmoqchi bo‘lsangiz», deydi Prosser.

Ta’kidlash kerakki, qurilmalar ishlash muddati va optimal Android amaliyoti borasida Google'ning Pixel lineykasi mijoz oldida har doim eng yaxshi tanlov bo‘lgan.

Ushbu yangilikning yana bir ijobiy tomoni shuki, qurilmani ko‘proq muddat qo‘llab-quvvatlash bilan kompaniyalar elektron chiqindilar kamayishiga ulkan hissa qo‘shadi. Yana xabar berilishicha, Google endi XL modelidagi smartfonlar chiqarmaydi. Bu ham iPhone muxlislariga tanish holat.

O‘QING: Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)