Google va YouTube ishida uzilishlar bo‘lmoqda

  •   DiMaX
  •  207
  •  09.06.2020 11:58

Google va YouTube ishida uzilishlar bo‘lmoqda

Turli saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar faoliyatida uzilishlar bo‘lib turadi. Lekin IT-gigant – Google kompaniyasining qidiruv tizimida hamda unga qarashli YouTube videoxostingida bunday muammolar kam uchrar edi.

O‘QING: Google xitoyliklar uchun qasos oldi!

Bugun – 9 iyun kuni bir qator mamlakatlarda Google va YouTube foydalanuvchilari muammolarga duch kelishmoqda. Ommabop internet-resurslardagi uzilish va xatoliklarni kuzatib boruvchi Downdetector sayti ma’lumotlariga ko‘ra, jiddiy muammolar Toshkent vaqti bilan soat 09:08 da boshlangan. Eng ko‘p uzilishlar AQShda kuzatilgan.

Google foydalanuvchilarining taxminan 67% qismi qidiruv bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilishmoqda. 32 foizi esa o‘zining akkauntiga kira olmay xunob bo‘lyapti.

YouTube yuzerlaridan tushgan shikoyatlarning 62% qismi videoni tomosha qilishdagi muammolarga tegishli. Foydalanuvchilarning 32% qismi sayt bilan, 5% qismi esa avtorizatsiya bilan bog‘liq nosozliklardan nolishmoqda.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!