Google video, o‘yin va kitoblarni bitta servisga jamladi

  •   DiMaX
  •  359
  •  06.05.2021 11:48

Google video, o‘yin va kitoblarni bitta servisga jamladi

Koronavirus pandemiyasi ta’sirida planshetlarga talab ham ortdi; Google shundan kelib chiqib, mazkur bozorni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi servis taqdim etdi. Entertainment Space nomini olgan bu ilova videolar, o‘yinlar hamda kitoblarni o‘zida birlashtiradi.

O‘QING: Xakerlikni boshlash uchun 5 ta kitob

Entertainment Space ilovasi o‘ziga xos agregator bo‘lib, unda kontent uch toifaga ajratib taqdim etiladi: tomosha, ko‘ngil ochish va mutolaa. Bulardan birinchisida film va seriallar, ko‘rsatuv va boshqa videofayllarni tomosha qilish mumkin. Ularni planshetning o‘zida ko‘rishdan tashqari, Chromecast sharofati bilan televizorlarga ham uzatsa bo‘ladi.

«Ko‘ngilochar» bo‘limida foydalanuvchi Instant Play rejimida o‘yin o‘ynashi yoki sevimli platformerini davom ettirishi mumkin. «Kitoblar» bo‘limi kitob va jurnallar mutolaasiga bag‘ishlangan. Shuningdek, unda audioformatdagi kitoblar bilan tanishish imkoni ham mavjud. Entertainment Space kontentni avtomatik tarzda Google Kitoblar servisidan yuklaydi.

Entertainment Space servisidan hozircha faqat Walmart yangi qurilmalari, shuningdek, Lenovo hamda Sharp planshetlari egalari foydalana oladilar. Mazkur ilova boshqa ishlab chiqaruvchilarning planshetlariga qachon taqdim etilishi noma’lum.

O‘QING: Canalys kompyuter va planshetlarning birinchi chorakdagi sotuvlari haqida ma’lumot berdi