Google videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo nomli servis yaratdi

Google videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo nomli servis yaratdi

Internet gigant videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo nomli xizmatni taqdim etdi. Ushbu servis FaceTime (Apple), Skype (Microsoft) va Messenger (Facebook) ilovalari bilan raqobat qilishi kutilmoqda.

_90804130__90802607_google1

Servis Android  va iOS platformalarida ishlaydi. Qo‘ng‘iroqlarning xavfsizligi shifrlanish orqali ta’minlanadi, videoning sifati esa aloqaning tezligiga qarab o‘zgaradi.

Ilovadan foydalanish uchun xuddi FaceTime servisidagi kabi abonentning telefon raqamini bilish kifoya.

_90804131__89734060_google

Duo Google ishlab chiqargan videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan birinchi xizmat emas. Kompaniya 2013 yilda aynan mana shu vazifani bajaradigan Hangouts servisini ishga tushirgan edi. Biroq endilikda Google Hangouts xizmatini biznes muloqotlar uchun qo‘llashni rejalashtirmoqda.

Duo esa yaqinlaringiz bilan o‘zaro muloqot qilish uchun oddiy servis sifatida taqdim qilindi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!