Google «Xaritalar»dan haydovchilar uchun xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  1189
  •  29.09.2020 10:52

Google «Xaritalar»dan haydovchilar uchun xushxabar bor!

Barcha Android-smartfonlardagi Google servislari orasida Maps, ya’ni «Xaritalar» ilovasi mavjud. Qidiruv giganti ushbu ilovasiga maxsus «avtomobilbop» interfeys qo‘shyapti.

O‘QING: Google «Xaritalar»ning yangi dizaynini taqdim etdi

Kompaniya Google Maps ilovasida yangi funksiyani – maxsus Car Mode rejimini sinab ko‘rmoqda. Nomidan ham anglashilib turganidek, bu – avtomobilni boshqarish chog‘ida xarita ilovasidan foydalanishni qulaylashtiruvchi yangicha interfeysli rejimdir.

Avtomobil rejimi Android Auto ilovasi interfeysini eslatadi, lekin bunda faqat smartfonlarga mo‘ljallangan Google Maps ilovasining o‘zi qo‘llanadi.

Car Mode rejimida Google «Xaritalar» ilovasining interfeysida asosiy ekrani o‘zgarishsiz qolsa-da, pastki paneli boshqacha ko‘rinish olgan. Unda ikkita tugmacha mavjud – chap tomonida Google Assistant ovozli yordamchisini chaqirish uchun mikrofon hamda o‘ngda menyuga kirish tugmachalari.

O‘QING: Google Maps va boshqa xaritalar masshtabini bitta barmoqda boshqarish mumkin!

Menyu tugmachasini bosganda ochiladigan yangi ekran esa Android Auto interfeysiga juda o‘xshash. Unda qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, podkastlar, YouTube Music va boshqa servislar uchun yirik tugmachalar aks etgan.

Mazkur servislarga kirganda ham ular Android Auto interfeysiga o‘xshab yirikroq tarzda ko‘rinadi. Pastki panelning o‘rta qismida esa hamisha ilovaning bosh ekraniga qaytish uchun Google Maps logotipi joylashgan.

Google ayni damda «Xaritalar» ilovasining avtomobil rejimini ayrim yuzerlargagina taqdim etgan. Keng foydalauvchilar ommasiga uni Google Maps’ning navbatdagi yangilanishi bilan tarqatishadi.

O‘QING: Qulay bo‘lishi uchun smartfon boshqaruv punktini ekranning pastiga ko‘chiramiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.