Google xavfsiz qidiruvda ham bolalarga yarim yalang‘och pornoaktrisalarni ko‘rsatyapti

  •   DiMaX
  •  2004
  •  10.10.2018 13:07

Google xavfsiz qidiruvda ham bolalarga yarim yalang‘och pornoaktrisalarni ko‘rsatyapti

Google Images servisidagi xavfsiz rejimning asosiy xususiyatlaridan biri – unda axloq me’yorlariga mos kelmaydigan suratlar chiqmaydi. Ammo qidiruv gigantining filtrlari keraklicha ishlamasdan, yarim yalang‘och ayollar suratini ham o‘tkazib yubormoqda.

O‘QING: iPhone egalari hayratda – bolalar o‘yinlarida pornosaytlar reklamasi!

Buni amerikalik maktab o‘qituvchisi Shona Poppe payqab qolgan. Uning Google forumida yozishicha, sakkiz yashar bolalarga darsda «hot» («qaynoq») so‘zini maori tiliga o‘girish vazifasini bergan. Garchi maktabdagi barcha kompyuterlarda xavfsiz qidiruv rejimi yoqilgan bo‘lsa-da, izlash natijalarida erotik suratlar aks etgan.

Keyinroq aniqlanishicha, mazkur muammoga ko‘plab Google foydalanuvchilari duch kelishmoqda. Xavfsiz rejimda izlaganda ham «hot» so‘zi qidiruvi natijalarida ichki kiyimdagi ayollar rasmlari chiqib kelayotir.

Google forumidagi Poppe xabariga javoban foydalanuvchilar o‘sha rasmlar ustidan tegishli shaklda shikoyat yuborishni taklif etishgan. Biroq bu usul umuman samarasiz – bir martada faqat bittagina URL-manzildan shikoyat qilish mumkin. Unaqa suratlar esa son-mingta...

Shunday ekan, Google o‘z qidiruv tizimidagi xavfsizlik choralarini kuchaytirishini kutishdan o‘zga chora yo‘q. Biz esa o‘quvchilarimizga kichkintoylarning internetda qaysi saytlarga kirishini, o‘zini tutishini kuzatib borishlarini maslahat beramiz.

O‘QING: Internetda kimlarni izlash eng xavfli?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.