Google xodimlari kamida 2021 yilning iyuligacha ishga bormaydigan bo‘lishdi!

  •   DiMaX
  •  288
  •  28.07.2020 15:43

Google xodimlari kamida 2021 yilning iyuligacha ishga bormaydigan bo‘lishdi!

Butun dunyoda ko‘plab kompaniyalar koronavirus pandemiyasi tufayli masofadan ishlashga o‘tib olganidan xabaringiz bor. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Google ushbu rejimni kamida bir yilga uzaytirgan.

O‘QING: Uyda turib ishlash uchun 7 servis

Qidiruv giganti 200 000 nafar xodimiga to kelasi yilning iyuliga qadar uydan turib ishlashlariga ruxsat berdi. Boshqa IT-gigantlar ham masofadan ishlashning uzaytirilishini e’lon qilishgan, ammo Google mazkur rejimni naq bir yilga cho‘zishini birinchi bo‘lib aytgan kompaniyadir.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasining bosh direktori Sundar Pichai (Sundar Pichai) bu taklifni o‘tgan hafta boshqa top-menejerlar bilan muhokama qilgan va barchasi shu qarorga kelishgan.

6 iyul kuni Google o‘zining ayrim ofislarini cheklangan sondagi xodimlari uchun ochgan edi. Bunda ofisga borib ishlashni ishchilarning ko‘pchiligi ixtiyor etishgan. Facebook hamda Twitter ham o‘z xodimlariga masofadan ishlashga ruxsat berishgan va bu rejimning qachongacha cho‘zilishiga hozircha aniqlik kiritishmagan.

O‘QING: Shilqimlik qilgani uchun 48 nafar Google xodimi ishdan haydaldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!