Google xodimlari sirni ochishdi: xomtama bo‘lmang – undan yashirina olmaysiz!

  •   DiMaX
  •  842
  •  31.05.2021 15:43

Google xodimlari sirni ochishdi: xomtama bo‘lmang – undan yashirina olmaysiz!

Qidiruv gigantining xodimlari iqror bo‘lishlaricha, Google servislaridan foydalanuvchilar qayerda joylashganliklarini deyarli yashira olmaydilar. Bunda hatto maxsus sozlamalar ham yordam bermaydi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Kim «o‘g‘ri», kim to‘g‘ri?

Ushbu ma’lumotlar Arizona shtati (AQSh) prokuraturasi Google kompaniyasiga qarshi olib borgan sud jarayonida yuzaga chiqdi. Unda ma’lum bo‘lishicha, hatto foydalanuvchilar joylashuvdan birgalikda foydalanish sozlamalarini o‘chirishganidan so‘ng ham kompaniya ularning qayerda ekanliklari haqida ma’lumot to‘plashda davom etadi. Bundan tashqari, Google maxfiylik sozlamalarini atayin topish qiyin qilib qo‘ygan, o‘z maxfiylik sozlamalari foydalanuvchilarga ma’qul kelgan LG va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga esa bosim o‘tkazgan...

Xabarda aytilishicha, Google’dan yashirinishning yagona yo‘li — manzilni duch kelgan joyda, ko‘cha-ko‘yda o‘rnatishdir.

Arizona prokuraturasi ayni shu sabablar bois Google kompaniyasini foydalanuvchilar haqida noqonuniy ravishda ma’lumot to‘plashda aybladi.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.