Google yangiliklar saytlariga DDoS-hujumlardan himoyalanishda ko‘maklashadi

Google yangiliklar saytlariga DDoS-hujumlardan himoyalanishda ko‘maklashadi

Bir necha yil muqaddam Google kompaniyasi uncha katta bo‘lmagan saytlarga o‘zlarini DDoS-hujumlardan himoyalashga yordam berishga qaratilgan Project Shield loyihasini ishga tushirgan edi. Shu yo‘l bilan kompaniya yovuz maqsadli kimlardan ishonchli himoyalanish uchun mablag‘ va manbalarga ega bo‘lmagan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirgan. Endilikda internet gigantining mazkur xizmati har qanday yangiliklar xizmati bilan ham ishlashi mumkin.

Project Shield doirasida himoyalanish bepul taqdim etiladi. Biroq bu faqatgina Google tomonidan dasturda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza tasdiqlanganidan keyingina amalga oshiriladi. Texnik tomonlari haqida so‘z ketadigan bo‘lsa, xizmatga ulanganidan so‘ng saytning barcha trafigi qaytadan zararli trafiklarni to‘xtatib qoladigan proksi-server orqali o‘tadi. Tizim o‘z saytining serveri va sahifalarni yuklab tezligining uzayishida vujudga keladigan zo‘riqishni kamaytirish uchun ayrim elementlarni keshlaydi.

Google so‘z erkinligining cheklanishiga doimo qarshi chiqib keladi, DDoS-hujumlar esa ko‘p hollarda senzura quroli hisoblanadi. Shuningdek, kompaniya uchun qidiruvga berilganda taqdim etiladigan ma’lumotlar har doim, har kimga ochiq bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.