Google yo‘q bo‘lsa, nima bo‘ladi?

Google yo‘q bo‘lsa, nima bo‘ladi?

Siz har doim ham bu savollar haqida o‘ylab ko‘ravermaysiz. Ammo bir lahzaga tasavvur qiling-a, Google to‘satdan yo‘q bo‘ldi. Kompaniya endi mavjud emas. Dunyo nima bo‘ladi? Internet olami-chi? Kompaniya xizmatlaridan har kuni foydalanuvchilar holi nima bo‘ladi? Quyida biz bu savollarning barchasiga javob berishga harakat qilamiz.

Eng muhimidan boshlay qolamiz: Google asosan nima bilan shug‘ullanadi va buning butun dunyoga qanday afzalliklari bor? Albatta, eng muhimi Google qidiruvidir. Busiz butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar kerakli ma’lumotlarni samarali va tez topa olmasdilar. Agar Google yo‘qolsa, foydalanuvchilar uning o‘rniga muqobilni qidirishni boshlaydilar yoki Telegram'dagi “Evrika!“ kanalida yozilganidek: “Agar Google ishlamay qolgudek bo‘lsa, odamlar Yahoo, Bing yoki Yandeks kabi boshqa qidiruv tizimlariga “Google nega ishlamay qoldi?“ deb so‘rov beradi“ (bu, albatta, hazil).

Bing va shunga o‘xshash hali tanilib ulgurmagan boshqa qidiruv tizimlari almashtirish uchun nomzod bo‘lishi mumkin, bundan tashqari, ba’zi mamlakatlarda Yandeksga o‘xshagan mahalliy qidiruv tizimlari ham mavjud.

Rossiya uchun Google qidiruv tizimining yo‘qolishi katta muammo tug‘dirmasligi mumkin, negaki Rossiyada Yandeksdan qidirish Google'ning butun dunyo bo‘ylab tarqalishidan oldin ancha ommalashib ulgurgan edi.Gmail ishlashni to‘xtatadi. Tartibsizliklar boshlanadi, chunki ko‘pchilik insonlar o‘zlarining pochta xatlarida muhim ma’lumotlarni saqlab qo‘ygan bo‘lishi mumkin, bu esa akkaunt egasining moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Millionlab odamlar muhim ma’lumotlaridan ajralishadi, bu bilan birga milliardlab dollaridan. Chunki, axborot dunyodagi eng qimmat manba ekanligi hammaga ma’lum.

Rossiyada Gmail'ning o‘rniga Mail.ru yoki Yandeks.Pochta kelishi mumkin. Boshqa mamlakatlarda ham mahalliy pochta xizmatlari mavjud. Ehtimol, Microsoft o‘z xizmatlari qatoriga pochtani qo‘shish orqali bu sohada ham yetakchilikni qo‘lga olar.YouTube'ning Google'ga tegishli ekanligini hamma bilsa kerak. Dunyo bo‘ylab millionlab odamlar ushbu sayt orqali katta pul ishlashadi. Qolgan millionlar esa faol tomoshabinlar, ular YouTube'dan zavqlanish yoki ta’lim uchun yaxshi platforma sifatida foydalanishadi. Bugungi kunda ushbu xizmatni internetdagi ko‘ngilochar markaz deb atash mumkin. YouTube yo‘qolgandan keyin internet ancha zerikarli tarmoqqa aylanib qoladi. Bunga sabab, Google'ning neyron tarmoqlariga asoslangan aqlli lenta va tavsiyalardan foydalanishidir. Alternativalarning paydo bo‘lishi bilan bizga yuqori sifatli videohosting taklif etilishi ehtimoldan yiroq. Yagona yaxshi alternativa Vimeo bo‘lishi mumkin.Dunyo bo‘ylab Angular-Google ramkasida ishlaydigan millionlab saytlar yo‘qolib ketadi. Saytlarning yaxshi va sifatli shriftda yozilishi to‘xtaydi, chunki ular bepul Google Fonts shriftlarini qo‘llashadi. Ko‘pgina saytlar biron bir tarzda kompaniyaning bulutli xizmatlaridan, Google serverlaridan va boshqa vositalaridan foydalanadi. Gigantning yo‘q bo‘lib ketishi dunyodagi 30% saytlarning to‘g‘ri ishlashiga putur yetkazadi. Muhandislar ko‘plab vositalarni, shu jumladan TencorFlow (neyrotarmoq kutubxonasi)ni yo‘qotadilar. Biz Chrome brauzerini yo‘qotamiz, lekin Chromium qoladi, u Chrome asosida ishlaydigan ochiq kodli brauzer hisoblanadi. Android telefonlari qoladi, chunki bu ham ochiq kodli loyiha. Ammo biz smartfonlardagi Google xizmatlarini, shu jumladan, Google Play'ni ham yo‘qotamiz. Google'ning boshqaruvchisiz transport vositalari loyihasi yo‘qoladi, ammo texnik jihatdan Yandeks loyihasi undan yaxshiroq bo‘lganligi uchun bu sohada muammolar ko‘zga tashlanmaydi.Do‘kon javonlarida Chrome OS asosidagi noutbuklar sotilmaydi, ammo bu kichkina yo‘qotish. Google sharlari orqali tarqatiladigan internetdan foydalanayotgan hindlar esa ko‘p narsa yo‘qotishi mumkin.

Biz shuningdek, Google Maps olamidagi eng yaxshi xarita xizmatini yo‘qotamiz. Rossiyada, albatta, Yandeks xaritalari mavjud va ular ancha yaxshi ishlaydi. Google o‘z xizmatlari orqali qabul qilgan ulkan ma’lumotlar to‘plamiga ega. Ko‘plab loyihalar ushbu ma’lumot to‘plamlari asosida yaratilgan, shuning uchun ularning yo‘qolib ketishi dunyodagi barcha kompaniyalarning loyihalariga ma’lum darajada ta’sir qilishi mumkin. Matn va nutqlarni nisbatan yaxshi tarjima qila oladigan Google Translate xizmatidan mahrum bo‘lamiz. Unga munosib alternativalar esa hali o‘ylab topilmagan.

O‘QING: Google Assitant, Alexa, Siri, Cortana, Bixby. Innaykeyin-chi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!