Google'dan navbatdagi xizmat ham bepul bo‘lishi mumkin!

Google'dan navbatdagi xizmat ham bepul bo‘lishi mumkin!

Google Play Movies servisi Netflix, Apple TV, Amazon Prime yoki Hulu'lar kabi striming xizmatini taqdim etmaydi: platformadan kinolarni faqatgina ijaraga olish yoki xarid qilish mumkin, xolos. Hozirda ushbu xizmat doirasida sanoqli filmlarnigina tekinga ko‘rish mumkin, biroq xabar berilishicha, bu yaqin orada o‘zgarishi mumkin. Bu haqida Androod Authority sayti yozmoqda.

XDA Developers saytidagilar Google Play Movies & TV ilovasi APK faylining «ichak-chovog‘i»ni ochib ko‘rishdi. Aniqlanishicha, Google tez orada reklamalar evaziga platformadagi filmlarni bepul ko‘rish imkonini taqdim qilishi mumkin. Ilova kodlar qatoridan biri orqali tushunilishicha, «yuzlab kinolab, kam reklamalar» [bepul] mavjud bo‘ladi.

Bundan anlash mumkinki, kompaniya Play Movies'ni xuddi YouTube kabi bepul, reklamalardan daromad keltiruvchi platformaga aylantirib, uning qamrov doirasini kengaytirmoqchi.Google reklamali ushbu modelni Play Movies'da mavjud barcha kinolarga tatbiq qiladimi yoki faqat saralangan filmlargina bepul bo‘ladimi-yo‘qmi, bunisi hozircha noma’lum qolmoqda. Ushbu model qachondan ishga tushirilishi ham aniq emas. Ammo, shunisi ayonki, bu bilan Play Movies ommabopligi oshib, xizmatning boshqa striming servislari bilan raqobatdosh bo‘la olishi ta’minlanadi.

Play Movies'dagi kinolarning reklamalar sabab tekin bo‘lishi haqida siz qanday fikrdasiz? Ushbu model taqdim qilinsa, siz ham ilovadan ko‘proq foydalanasizmi? Fikrlaringizni Telegram'dagi muhokama guruhimizda yozib qoldiring.

O‘QING: O‘zbekiston hatto Google, Yandeks, AliExpress va Netflix’ga ham soliq solmoqchi!