Google'ning ilk buklamafoni – Pixel Fold rasmiy tizeri chiqarildi (video)

Google'ning ilk buklamafoni – Pixel Fold rasmiy tizeri chiqarildi (video)

Bir necha oylik emas, bir necha yillik mish-mishlardan so'ng, vanihoyat, Google rostdan ham buklanadigan smartfon chiqarishi rasman tasdiqlandi – kompaniya o'zining ilk buklamafoni tizerini chiqardi.

Google o'zining anchadan beri kutilayotgan Pixel Fold buklamafonining ilk tizer videosini chiqardi va unda biz qurilma dizayni bilan tanishishimiz mumkin.

"Fold" qo'shimchasidan ma'lumki, Pixel Fold xuddi Galaxy Z Fold kabi kitobga o'xshab ochilib-yopiladi. Buklamafonning orqa tomonidagi kamera paneli kompaniyaning hozirgi Pixel smartfonlarinikiga o'xshash, biroq u yon tomonlarga birlashib ketmagan, balki kamera oroli sifatida ajralib turadi. Bundan tashqari, tizer oxirida Pixel Fold'ning 5.8 dyuym ekanligi aytilgan tashqi ekrani Always-On Display xususiyatiga ega ekanligini ham ko'rishimiz mumkin.

Shuningdek, tizer Pixel Fold'ning ichki ekrani ham ko'rsatilgan. Avvalroq 7.6 dyuymli bo'lishi aytilgan asosiy displey sezilarli darajada qalin ramkaga ega va ichki selfi kamera ham shu ramka orasida joylashgan.

Google buklamafonning texnik xususiyatlarini oshkor qilganicha yo'q, lekin oldingi xabarlarda qurilma Tensor G2 chipsetida ishlashi aytilgan edi. Qolaversa, uning narxi Galaxy Z Fold 4 dan 100 AQSH dollariga arzon yoxud 1699 AQSH dollari bo'lishi tahmin qilinmoqda.

Google Pixel Fold rasman 10-may kuni o'tkazilishi kutilayotgan Google I/O tadbirida taqdim qilinishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!