Google'ning ilk smartsoati tez orada chiqariladi

Google'ning ilk smartsoati tez orada chiqariladi

Evleaks taxallusi bilan tanilgan insayder Evan Blass'ning ma'lum qilishicha, Google'ning ilk smartsoati tez orada chiqariladi. Garchi aniq sana berilmagan bo'lsada, mish-mishlarga qaraganda 11-12-may kunlariga rejalashtirilgan Google I/O dasturchilar konferensiyasi ishonchli sana bo'lishi mumkin.

Aqqli soatning Pixel Rohan kod nomi bilan atalishi allaqachon ma'lum bo'lgan edi. Albatta, soat chiqarilganida u bunday nom bilan atalmaydi. Kompaniya Apple yoki Samsung bilan raqobat qilishi uchun chiroyliroq nom tanlashi kerak.

Google Pixel Rohan kompaniya tomonidan ancha oldin ishlab chiqarilgan Wear OS operatsion tizimining, hali chiqarilmagan Wear OS 3.1 versiyasida ishlaydi. Agar berilgan ma'lumotlar to'g'ri bo'lsa smartsoat 32GB xotiraga ega bo'lishi mumkin.

O‘QING: Endi Tesla ham quvvatlagichlarni qizg‘onishni boshladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.