Google'ning qorong‘u rejimi yanada qorong‘ilashmoqda

Google'ning qorong‘u rejimi yanada qorong‘ilashmoqda

Shu kungacha Google'ning qora rejimi uchun to‘q kulrang ranggi amal qilayotgan edi. Endi esa Google o‘z qidiruv platformasi uchun butunlay qora, #000000 kodli rangni test qilayotgani ayrim foydalanuvchilar tomonidan payqab qolingan.

Qop-qora rangli mavzu hozircha faqat kompyuter uchun veb-brauzerlarda paydo bo‘lgan, smartfon va boshqa qurilmalar uchun buning amal qilishi hozircha noma’lum. 

Ko‘pchilik foydalanuvchilar qorong‘i rejimda to‘q kulrangni afzal ko‘rishadi, chunki qop-qora rangda birdaniga oq sahifaga o‘tish ko‘zga zarar bo‘lishi mumkin. Agar Google to‘liq qora rangdan foydalanishga qaror qilsa, kompaniya eski to‘q kulrang rangni foydalanuvchi tanlaydigan variant sifatida saqlab qolishi kerak. 

O‘QING: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi brauzerdan foydalanishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!