Google’ning saxiyligi tutdi: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot oling!

  •   DiMaX
  •  1230
  •  22.07.2019 12:22

Google’ning saxiyligi tutdi: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot oling!

Qidiruv giganti o‘z brauzerining himoyasidagi zaiflikni topgan dasturchilarga beriladigan rag‘batlantirish mukofoti miqdorini 2-3 barobarga oshirdi. Pul miqdori amalga oshirilgan ish hajmiga, aniqlangan nuqsonning xavflilik darajasiga hamda bajarilgan hisobotning sifatiga bog‘liq.

O‘QING: Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!

Shunday qilib, brauzer himoyasidagi aniqlangan oddiy nuqson uchun maksimal mukofot miqdori endi 15 ming AQSh dollariga teng. Avval bu ko‘rsatkich 5 ming dollar edi, ya’ni – to‘lov naq uch karraga oshirilgan!

Agarda aniqlangan zaiflikdan foydalangan holda himoyani buzib kiruvchi dasturiy ta’minot namunasini ham qo‘shib batafsil hisobot jo‘natsangiz, Google endi buning evaziga 30 ming dollargacha mukofot berishga tayyor (avval 15 ming dollar edi).

Chromebook yoki Chromebox qurilmalarida Chrome OS tizimida mehmon rejimi orqali himoyani buzib kirish imkonini beruvchi nuqsonni aniqlasangiz – oshig‘ingiz olchi! Google eng yirik miqdordagi rag‘batlantirish pulini aynan shunday dasturchilar uchun ajratgan – maksimal mukofot miqdori naq 150 ming dollar (oldin 100 ming dollar bo‘lgan)!

Aytish kerakki, kompaniya topilgan nuqsonlar uchun rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi Google Chrome Vulnerability Rewards Program dasturini 2010 yili joriy etgan. O‘shandan buyon Google o‘z brauzerida aniqlangan zaifliklar haqida sakkiz yarim mingdan ziyod maktub olgan va ular uchun jami besh million AQSh dollaridan oshiq mukofot puli to‘lagan.

O‘QING: «Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!