Gov.uz portalida «VAPSHE MALADES BALA» ro‘yxatga olindi!

  •   DiMaX
  •  1742
  •  14.05.2020 23:33

Gov.uz portalida «VAPSHE MALADES BALA» ro‘yxatga olindi!

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek tilli segmentida 14 may kuni qiziq bir ma’lumot e’lon qilishdi. Ya’ni, foydalanuvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida antiqa nomdagi mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatga olinganini payqashgan.

O‘QING: Uzcard nazorat paketining asosiy qismi Oybek Tursunovga o‘tdi

Yuzerlar tarmoqda mana bu skrinshotni e’lon qilishgan:

Biz ham oldin buni feyk deya gumon qilib, tekshirib ko‘rdik, lekin haqiqat ekan! Mana bu havola orqali tegishli sahifaga kirib, STIR raqami (307358442) bo‘yicha izlasangiz, «VAPSHE MALADES BALA» nomli mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari chiqadi.

Nima ham derdik, qonunchilikka va axloq me’yorlariga zid kelmasa, o‘z tashkilotiga qanday nom tanlash – tadbirkorning o‘z ixtiyorida.

O‘QING: INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?