GTA 6 haqidagi eng katta ma'lumot tarqalishi

GTA 6 haqidagi eng katta ma'lumot tarqalishi

Internetda Rockstar o'yin ishlab chiqaruvchisining bo'lajak Grand Theft Auto VI o'yiniga oid ichki ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjat tarqatib yuborildi. Unda biz navbatdagi GTA 6 haqidagi deyarli barcha ma'lumotlar bilan tanishishimiz mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Rockstar yangi GTA o'yinini joriy yilning uchinchi choragida e'lon qiladi va uni 2024-yilning to'rtinchi choragida chiqaradi. O'yin RAGE platformasiga asoslangan bo'lib, unga 500 million dollar, uning marketingi uchun esa yana 100 million dollar sarflanishi rejalashtirilgan. Kompaniya o'yin sotuvining birinchi kunini o'zidan 1 milliard dollar ishlab olishni kutmoqda.

GTA 6 o'yining xikoyasi 4500 daqiqa yoxud 75 soat soat davom etadi va u voqealar 2023-yilda sodir bo'ladi. O'yinda uchta asosiy qahramon bo'ladi: Rikardo (boylik va hokimiyatga berilib ketgan sobiq Kolumbiya maxsus agenti), Keysi (fe'l-atvori yomon bo'lgani uchun tez-tez muammoga duch keladigan sobiq bokschi), Rouz (birinchi ayol bosh qahramon, sovuqqon beva). O'yin katta xaritaga ega bo'ladi va u Liberty State, Carcer City, Vice City, Cottonmouth shaharlarini o'z ichiga oladi.

O'yinchilar nafaqat o'yin hikoyasi, balki, golf, serfing, skeytbord, tennis, basseyn, shaxmat, basketbol, ​​bouling, kinoteatrlar, "issiq qahva" kabilardan zavqlanishlari ham mumkin bo'ladi.

O'QING: Kingston Fury Renegade SSD kartasiga to'liq tavsif

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.