GTA 6'ning to'liq o'yin jarayoni videolari tarqatib yuborildi

GTA 6'ning to'liq o'yin jarayoni videolari tarqatib yuborildi

Rockstar'ning Grand Theft Auto o'yin franshizasining navbatdagi qismi, GTA VI o'yinining videolari internetda tarqatib yuborildi. GTA forumiga teapotuberhacker tomonidan joylangan 3 GB hajmdagi fayl 90 dan ortiq videolarni o'z ichiga oladi. Ma'lumotlar qanday olingani va tarqatilgani noma'lum, lekin tez orada yanada ko'proq videolar chiqarilishi aytilgan.

O'yin videolari yaqinda mish-mish qilingan xabarlarni tasdiqlaydi: o'yin bosh qahramoni Lucia ismli ayol va yana bir erkak bo'ladi. Videolarning birida u restoranga o'g'irlikka tushgani va odamlarni garovga olgani aks etgan. Yana bir klipda esa 2002-yilda chiqarilgan GTA: Vice City o'yinidagi Mayami hududlarini ko'rish mumkin. 

Kadrlar allaqachon YouTube va boshqa platformalarga joylangan, lekin Rockstar bosh kompaniyasi, Take 2 Interactive allaqachon ularning bir nechtasini mualliflik huquqlarini talab qilgan holda oldirib tashlashga ulgurgan. 

Videolardan ko'rish mumkinki, o'yin hali yakuniga yetmagan. GTA 6 tahminan 2014-yildan bilan  ishlab chiqarish jarayonida bo'lib, u 2025-yilda chiqarilishi kutilmoqda. Aytish kerakki, GTA 6 dan avvalgi, GTA 5, deyarli 9 yil avval chiqarilgan edi. 

O'QING: Yangicha sovutish tizimiga ega bo‘lgan o‘yinbop smartfon taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!