Ha, navbatdagi Galaxy'lar haqida adashmagan ekanmiz!

Ha, navbatdagi Galaxy'lar haqida adashmagan ekanmiz!

Bu haqida oldin ham xabar bergan edik: Samsung 2020-yilgi flagman oilasiga, kutilganidek Galaxy S11 emas, balki Galaxy S20 deb nom bermoqchi. Ushbu xabar ilk marotaba taniqli Ice Universe tomonidan tarqatilgan edi va insayder bu ma’lumotni yana bir bor tasdiqladi.Flagmanni qayta nomlash asosli ravishda amalga oshirildi, bizningcha. Samsung o‘tgan o‘n yillikda har yili bittadan S seriya flagman taqdim qildi va 2019-yilni S10 bilan tamomladi.

2020-yil bilan boshlangan oldindagi o‘n yillik smartfonlarining dastlabkisini Galaxy S20 deb nomlash ikki o‘n yillik smartfonlari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi, ayniqsa, Galaxy S10 bilan Galaxy S20 yonma-yon qo‘yilganda.

Samsung'dagilar Galaxy S20 seriyasini barcha tomondan eng mukammal darajada jihozlamoqda. 2020 yilgi oilada eng kamida uchta vakil bo‘ladi: Galaxy S20, Galaxy S20+ va Galaxy S20e. Galaxy S20 5G bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.

Yangi seriya vakillarining ba’zi bozorlar uchun chiqarilgan talqiniga Exynos 990, aksariyat bozorlarga mo‘ljallangan versiyalarga esa Snapdragon 865 chipi o‘rnatiladi.

Qurilmalarning barchasi o‘tgan yilgi flagmanlarga qaraganda kattaroq hajmli akkumulyator bilan jihozlanadi. Ma’lumot uchun, Galaxy S20+ da 5 000 mA/soatli akkumulyator bo‘lishi aytilmoqda. Kompaniya yangi qurilmalarini 11-fevral kuni taqdim qilib, 18-fevraldan boshlab sotuvga chiqarmoqchi.

Galaxy S20 va S20+ larga to‘rt linzali kamera moduli o‘rnatilishi, ularning asosiysi to‘qqiz pikseldan bitta piksel hosil qilib («pixel binding» usuli), 12MP tasvir yaratuvchi 108 megapiksel rezolyusiyali linza bo‘lishi kutilmoqda. Modul tarkibida, shuningdek, kamida 48 megapikselli telefoto, 5x optik zumli va ultra keng burchakli kameralar bo‘ladi.

Ekranning yangilanish chastotasi ham 120Hz ga ko‘tariladi.

Flagmanlar taqdim qilinishiga hali bir oydan ortiq vaqt bor. Bu davr mobaynida yanada ko‘proq ma’lumotlar tarqalishini kutib qolamiz. Yangiliklar uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Galaxy S11 modellari haqida yangi xabar tarqaldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!