Habib Nurmagomedov Instagram’da o‘ta keskin chiqish qildi

  •   DiMaX
  •  12638
  •  06.02.2021 08:59

Habib Nurmagomedov Instagram’da o‘ta keskin chiqish qildi

Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov Instagram tarmog‘idagi o‘z sahifasida yangi xabar qoldirdi. Bu haqda Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi

Rossiyalik kurashchi rasm ostiga quyidagi so‘zlarni yozib qo‘ydi: «Instagram tufayli kimning uyida erkaklar qirilib ketganini ko‘rish mumkin».

Habib Nurmagomedov buning «dolzarb» ekanligini qayd etgan.

Aytish kerakki, Nurmagomedov o‘tgan yilning 24 oktyabr kuni UFC musobaqasida Jastin Geytji ustidan g‘alaba qozongandan so‘ng MMAdan ketishini e’lon qilgan. Rossiyalik sportchi yengil vaznda tashkilotning chempionlik kamarini uch marta himoya qilib, faoliyatidagi 29-g‘alabasini nishonlagan.

O‘QING: «Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor!» – ikki o‘zbek bokschisi Instagram’da «jang» qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.