Habib Nurmagomedov o‘z uyali aloqa operatorini ishga tushiryapti!

  •   DiMaX
  •  1758
  •  18.11.2020 11:39

Habib Nurmagomedov o‘z uyali aloqa operatorini ishga tushiryapti!

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi va UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining mobil aloqa operatorini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Har holda, internetga sizib chiqqan hujjatlar shundan darak berayotir, deb yozadi Kommersant’ nashri.

O‘QING: O‘zbekistonlik 5 muvaffaqiyatli kibersportchi

Shunday qilib, «Habib Telekom» MChJ allaqachon Eagle Mobile by Khabib nomli savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan. Xabarga ko‘ra, bu virtual operator bo‘lib, Tele2 tarmoqlari bazasida joriy etiladi. Biroq mazkur ikki kompaniya ham bu borada hozircha rasman xabar bermayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Habib Telekom»dagi ulushidan tashqari, Nurmagomedov hozirda «Perviy mobilniy» MChJda ham 25 foizlik hissaga ega.

Uning yangi – Eagle Mobile uyali aloqa operatori targ‘iboti kurashchining Instagram-akkaunti orqali amalga oshirilishi mumkin. Hozirda uning o‘n milliondan oshiq obunachisi mavjud.

O‘QING: Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova