Hali 24 iyulda taqdim etiladigan Xiaomi Mi A2 Lite smartfonini allaqachon AliExpress’dan sotib olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  3721
  •  17.07.2018 11:29

Hali 24 iyulda taqdim etiladigan Xiaomi Mi A2 Lite smartfonini allaqachon AliExpress’dan sotib olishingiz mumkin!

Android One turkumiga mansub Xiaomi Mi A2 smartfonining turli xususiyatlari va suratlari oshkor etib kelinmoqda. Ammo u bilan birga 24 iyul kuni Madridda namoyish etiladigan Mi A2 Lite modeli haqida ma’lumotlar birmuncha kamroq.

O‘QING: Xiaomi Mi A2 Lite sertifikatsiyadan o‘tdi

Qizig‘i shundaki, rasmiy namoyishi hali bo‘lib o‘tmagan Xiaomi Mi A2 Lite smartfonini AliExpress onlayn savdo platformasidagi Xiaomi MC do‘koni allaqachon sotuvga qo‘ygan!

Mi A2 Lite modeli dizayn va texnik ta’minoti jihatidan yaqinda taqdim etilgan Redmi 6 Pro’ga yaqinroq – ekranida «kemtik» ham bor. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u 2.0 gigagers chastotali Qualcomm Snapdragon 625 protsessori bazasida ishlaydi. Uning Full HD+ formatli displeyining o‘lchami diagonaliga 5,84 dyuymni tashkil etadi.

Xiaomi MC do‘koni Mi A2 Lite smartfonini ikki variantda taklif etayotir. Ulardan birinchisi tillarang korpusli bo‘lib, 3/32 GB xotiraga ega. Mazkur smartfonni olish shartlari bilan tanishish hamda 189.99 AQSh dollariga xarid qilish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: AliExpress’da eng so‘nggi modellardagi Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 16 iyul)

Ikkinchi variantdagi Mi A2 Lite korpusi qora rangda, tezkor va doimiy xotrasi esa 4/64 gigabaytga teng. Uning batafsil xususiyalari va xarid shartlari bilan tanishish hamda 209.99 dollarga olish uchun mana bu havola orqali o‘ting.

Har ikkala variantdagi smartfonda ikkita SIM-karta uyachasidan tashqari, alohida microSD-karta joyi ham mavjud. Xotira kartasi yordamida ularning xotirasini yana 256 gigabaytgacha oshira olasiz.

Ammo hali Mi A2 Lite rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tmaganligi bois, xaridning haqqoniyligiga biz kafolat bera olmaymiz. Shuningdek, xolislik yuzasidan, quyidagi xabarimizda ta’kidlangan jihatga ham e’tibor berishingizni so‘raymiz...

O‘QING: Ekspertlar: Xiaomi smartfonlarini AliExpress’dan olmang, bu xavfli!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!