Hali Android 11 chiqmay turib, Android 12’gacha yangilanuvchi ilk smartfon e’lon qilindi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1429
  •  05.05.2020 15:50

Hali Android 11 chiqmay turib, Android 12’gacha yangilanuvchi ilk smartfon e’lon qilindi! (+video)

Google kompaniyasi shu yilning fevralida dasturchilar uchun birinchi Android 11 Developers Preview proshivkasini chiqargan edi. Garchi uning barqaror versiyasi taqdimotiga vaqt bor bo‘lsa-da, allaqachon Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati tarqalgan.

O‘QING: Allaqachon Android 11’da ishlayotgan smartfonni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Yana bir xitoylik smartfonsoz – Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalarga ixtisoslashgan iQOO brendi esa yanada ilgarilab ketdi. Google hali rasman Android 12 haqida biror m’lumot bermasidan turib, bu kompaniya o‘z flagmanining ushbu proshivkagacha yangilanishiga kafolat berdi!

Bu – AnTuTu servisining mart oyidagi tekshiruvlar bo‘yicha eng qudratli flagmanlar reytingiga kirgan iQOO 3 modelidir. Bu smartfon qadoqdanoq Android 10 operatsion tizim talqini bilan chiqarilgan bo‘lib, Vivo uni yana ikki avlod operatsion tizimigacha yangilashga va’da bermoqda.

Shuningdek, smartfonsoz o‘zining iQOO 3 flagmanini uch yilgacha Android tizimi xavfsizlik patchlari bilan ham ta’minlab turishga so‘z bermoqda. To‘g‘ri, Android 12 hali kelasi yilning kuzidagina chiqadi, lekin nima bo‘lganda ham, uch yillik kafolatlangan apdeyt foydalanuvchilarni xursand qilishi aniq.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!