Hali chiqmagan Android 11’ni eski va arzon Redmi smartfoniga allaqachon o‘rnatish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2097
  •  23.05.2020 07:50

Hali chiqmagan Android 11’ni eski va arzon Redmi smartfoniga allaqachon o‘rnatish mumkin!

Google kompaniyasi hozircha Android 11 (yoki Android R) talqinining dasturchilarga mo‘ljallangan jamlanmasini taqdim etgan. Biz unda iOS'dagi kabi funksiya joriy etilishini, smartfonning orqasidan chertib boshqarish mumkin bo‘lishini (videolari bilan) ma’lum qilganmiz.

O‘QING: MIUI 12 hamda Android 11’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ikkita ro‘yxatda!

Havaskor dasturchilar esa hali «xom» bo‘lsa-da, Android 11 bazasida ayrim smartfonlarga proshivka ishlab chiqishmoqda. Jumladan, Xiaomi kompaniyasining o‘tgan yil fevralda taqdim etilgan Redmi Note 7 Pro modeli uchun shunaqa proshivka tayyor.

Aytish kerakki, Redmi Note 7 Pro global versiyada chiqmagan – uning faqat Xitoy va Hindiston bozorlariga mo‘ljallangan talqinlari bor. Garchi uni MIUI grafik qobig‘ining yangi versiyalari bilan ta’minlab kelishayotgan bo‘lsa-da, proshivkalar asosida yotuvchi operatsion tizim versiyasi haliyam eski – Android 9.0 Pie talqinida.

Shuni inobatga olib, dasturchilar Android 11 Developer Preview 4 versiyasi bazasida Redmi Note 7 Pro norasmiy proshivkasini tayyorlashgan va uni mana bu havola orqali yuklab olish mumkin. Anglaganingizdek, uni TWRP Recovery orqali o‘rnatish kerak bo‘ladi, bu esa smartfon kafolatini yo‘qqa chiqaradi. Shuningdek, proshivka o‘rnatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lmasangiz, bu ishni ustasiga topshirganingiz ma’qul.

O‘QING: MIUI 12 global proshivkasining tarqatilish grafigini Xiaomi rasman e’lon qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.