Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

  •   DiMaX
  •  2991
  •  04.03.2020 12:29

Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi Note 9 hamda Note 9 Pro flagmanlarining «Yirtqich» ekanini aytib maqtangan. Redmi bilan raqobatlashish uchun Oppo korporatsiyasi tashkil etgan Realme subbrendi esa unga ham javoban Realme 6 Pro smartfonini hozirlab ulgurgan.

O‘QING: «Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) bir necha soat avval o‘z Twitter-sahifasida shu ikki raqib haqida qiziq ma’lumotni e’lon qildi. Bu – hali rasman namoyish etilmagan Realme 6 Pro hamda Redmi Note 9 Pro modellarining Geekbench ilovasidagi tezkorlik natijalaridir.

Aytish kerakki, bu ikkala model ham Snapdragon 720G protsessori bazasida ishlaydi. Ammo benchmarkda tekshirib ko‘rilgan Realme 6 Pro tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lsa, Redmi Note 9 Pro modeli 6 gigabaytlik «operativka»ga ega. shunga qaramasdan, «Xitoycha Apple» vakili, oz farq bilan bo‘lsa-da, raqibidan ustun kelgan:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, Redmi Note 9 Pro protsessorning bitta yadrosi ishlatilib test qilinganida 569 ball, barcha yadrolari ishtirokidagi imtihonda esa 1755 ball olgan. Realme 6 Pro esa bu tekshiruvlarda tegishlicha 568 va 1696 ballik natijalar ko‘rsatgan.

Aytish kerakki, Redmi Note 9 va Note 9 Pro rasmiy namoyishi 12 mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotir, Realme 6 hamda Realme 6 Pro esa ertaga – 5 mart kuniyoq ommaga ko‘rsatiladi.

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!