Hali chiqmagan iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 Pro flagmanlarini ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1446
  •  09.10.2020 09:47

Hali chiqmagan iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 Pro flagmanlarini ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

Huawei Central resursi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida qiziqarli fotosurat e’lon qildi. Unda ekrani yoqiq holda ko‘rsatilgan ikkita smartfon, ta’kidlanishicha, Apple hamda Huawei kompaniyalari yaqinda namoyish etadigan ikkita flagman bo‘ladi.

O‘QING: Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

Apple allaqachon iPhone 12 taqdimotiga rasmiy taklifnoma tarqatgan, biz esa o‘n ikkinchi avlod ayfonlar oilasiga to‘rtta model kirishi, ularning barcha versiyalari narxlari va hatto sotuvga chiqish sanalarini ham allaqachon e’lon qilganmiz.

Quyidagi rasmda chap tomondagi smartfon Huawei Mate 40 Pro flagmani bo‘lsa, o‘ng yoqdagisi iPhone 12 modelidir, demoqda manba.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Huawei Mate 40 turkumida ham to‘rtta rusumda smartfon chiqadi va ular 15 oktyabrda namoyish qilinadi. Yuqoridagi suratda aks etgani – Mate 40 Pro modeli esa martning so‘ngida taqdim etilgan kamerofon – Huawei P40 Pro flagmaniga juda o‘xshash.

Eslatib o‘tamiz, Huawei P40 Pro o‘shanda DxOMark laboratoriyasining biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan va yaqinlargacha o‘rnini hech kimga bermay kelayotgan edi. Biroq boshqa bir xitoylik kompaniya 11 avgust kuni namoyish qilgan yubiley superflagmani uni «taxtdan ag‘dargan» edi. Yaqinda esa...

O‘QING: Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!