Hali chiqmagan Snapdragon 865 Plus flagman protsessori ilk bor AnTuTu’da imtihon topshirdi!

  •   DiMaX
  •  678
  •  12.06.2020 14:58

Hali chiqmagan Snapdragon 865 Plus flagman protsessori ilk bor AnTuTu’da imtihon topshirdi!

Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasi hozirda eng kuchli Android-protsessor hisoblandi. Lekin Xiaomi kompaniyasi kutilayotgan Mi 10S flagmanida hali taqdim etilmagan Snapdragon 865 Plus chipsetini qo‘llashi aytilgan.

O‘QING: Eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman mutlaq rekord o‘rnatdi!

Insayderlar ushbu protsessor xususida bir nechta xabarlar chiqarishgan, endi esa ular rasman o‘z tasdig‘ini topdi. Ya’ni, Qualcomm hali rasman e’lon qilinmagan Snapdragon 865+ platformasini AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rdi.

Yuqoridagi skrinshotni Weibo tarmog‘ida e’lon qilgan foydalanuvchining ta’kidlashicha, ushbu natijalar aynan Snapdragon 865 Plus protsessoriga tegishli. Chipsetning bu yerdagi samaradorlik ko‘rsatkichi 667 253 ballga teng. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, may oyidagi eng kuchli Android-flagmanlar reytingida Snapdragon 865 protsessorli OPPO Find X2 Pro flagmanining rekordi 604 123 ballni tashkil etgan.

O‘QING: Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

Snapdragon 865 Plus chipsetining benchmarkdagi natijalariga chuqurroq nazar soladigan bo‘lsak, ular quyidagicha:

  • Asosiy, markaziy protsessor (CPU) samaradorligi – 184 973 ball;
  • Grafik tezlatgich (GPU) samaradorligi – 283 302 ball;
  • Xotira samaradorligi – 112 050 ball;
  • Interfeys samaradorligi – 86 928 ball.

Aytishlaricha, Snapdragon 865 Plus arxitekturasi yuqori samaradorlikdagi to‘rtta (bittasi 3,1 GGs, uchtasi 2,4 GGs takt chastotali) hamda quvvat tejovchi to‘rtta (barchasi 1,8 GGs.lik) yadrolarni o‘z ichiga oladi. Qualcomm uni joriy yilning uchinchi choragida taqdim etadi, mazkur chipsetga asoslanuvchi ilk smartfon esa Lenovo Legion bo‘ladi.

O‘QING: Lenovo Legion – «barcha ko‘zlari belida» joylashgan ilk smartfon! (+rasmiy suratlar va video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.