Hali namoyish qilinmaagan Google Pixel 4 birinchi «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  519
  •  15.06.2019 11:00

Hali namoyish qilinmaagan Google Pixel 4 birinchi «jonli» suratlarda!

To‘rt oydan keyin taqdim etiladigan Google Pixel 4 XL smartfoni kuni kecha «jonli» videoda ko‘rsatilgan edi. Lekin keyinroq ushbu rolik YouTube xostingidan o‘chirib yuborilgan, ishlab chiqaruvchi esa navbatdagi flagmanining dizaynini rasman ko‘rsatgan.

O‘QING: Google Pixel 4 rasmiy suratda - Iphone XI endi Google'dan o‘g‘irlanadimi?!

Endi esa 9to5Google portali «jonli» suratlarni e’lon qildi; manbaga ko‘ra, unda Google Pixel 4 yoki Pixel 4 XL smartfoni aks ettirilgan:

Rasmda qurilma faqat orqa tomonidan ko‘rsatilgan, lekin u aynan Google’ning o‘zi kuni kecha e’lon qilgan dizaynga to‘liq mos kelyapti. Yuqori chap burchakda bosh kameraning kvadrat bloki joylashgan. Unga ikkita asosiy modul, fotochaqnoq hamda qo‘shimcha sensor kiradi. Mana shu uchinchi modulni spektral datchik, deyishmoqda, ammo uning vazifasi hozircha noma’lum.

Shuningdek, rasmlardagi smartfon matoni eslatuvchi himoya g‘ilofida ekani ham e’tiborlidir – keyingi avlod Pixel smartfonlari uchun Google aynan shunaqalarini ishlab chiqarmoqda.

O‘QING: Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!