Hali ochiq savdoga chiqmay turib eng ommalashgan ayfon qaysi ekanini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1662
  •  19.09.2019 10:17

Hali ochiq savdoga chiqmay turib eng ommalashgan ayfon qaysi ekanini bilasizmi?

Apple korporatsiyasi yaqinda iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlari taqdim etdi. Ulardan biri Geekbench’da rekord o‘rnatgani, AnTuTu testida asosiy xususiyatlari fosh bo‘lgani, shuningdek, yangi iPhone 11’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat ekanligi haqida ham xabarlar berganmiz.

O‘QING: iPhone 11 Pro’da suratga olingan ilk film Tim Kukni ham hayratga soldi! (+video)

O‘n birinchi avlod ayfonlar hali ochiq savdoga chiqqani yo‘q, do‘konlar peshtaxtalariga ular ertaga – 20 sentyabr kunidan qo‘yiladi. Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) esa ularga oldindan buyurtma berishlar hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max flagmanlari uchun avvaldan berilgan buyurtmalar birgalikda umumiy buyurtmalarning 55 foizini tashkil etayotir. Buyurtmalarning salkam yarmi – 45 foizi esa ularning eng arzoni – iPhone 11 hissasiga to‘g‘ri kelyapti!

iPhone 11 bu bilan o‘tgan yilgi iPhone XR (sotib olish) muvaffaqiyatini takrorlamoqda. Bulturgi eng arzon ayfon kupertinolik korporatsiyaning smartfonlari orasida oldindan buyurtma bo‘yicha yetakchi bo‘lishdan tashqari, keyingi 12 oy ichida eng ommabop modeli ham bo‘lgan. Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon reytingini esa mana bu maqolamizda ko‘rishingiz mumkin

Prognozlarga ko‘ra, Apple shu yilning oxirigacha yangi modellardagi smartfonlaridan 75 million dona sotadi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa oldingi rusumlardagi iPhone’larni 5 650 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Barcha iPhone 11’larni eng zo‘r Android-flagmanlar bilan bitta jadvalda taqqoslaymiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.