Hali sotuvga chiqmagan iPhone 13 Pro Max anboksing jarayonida! (+ video)

Hali sotuvga chiqmagan iPhone 13 Pro Max anboksing jarayonida! (+ video)

SalimBaba Technical YouTube kanali iPhone 13 Pro Max'ning anboksing jarayonini o‘tkazdi. Bu YouTube platformasiga yuklangan birinchi iPhone 13 Pro Max'ning anboksing videosi hisoblanadi. Chunki o‘tgan hafta namoyish qilingan barcha iPhone 13 smartfonlari 24 sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

O‘QING: iPhone 13 Pro Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Anboksing qilingan iPhone 13 Pro Max smartfoni tilla rangda. Qurilma qadog‘idan smartfon bilan birga Lightning kabeli, SIM-karta ejektori hamda Apple stikeri o‘rin olgan.

SalimBaba Technical guruhiga ekrandagi himoya qatlamni olib tashlash hamda qurilmani yoqishga ruxsat berilmagan. Videoda iPhone'ning qutisi plyonka bilan o‘ralmaganini ko‘rish mumkin. Bu bilan Apple ekologiyaga qayg‘uryotganini bildirmoqchi.

24 sentyabr sanasigacha iPhone 13 smartfonlariga 30 ta mamlakat va mintaqada oldindan buyurtma berish mumkin. Oldindan buyurtmalarning ikkinchi to‘lqini 1 oktabrdan boshlanadi.

O‘QING: Kichikroq tirqish va yangicha asosiy kameraga ega Apple iPhone 13 va 13 mini'lar taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.