Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2200
  •  17.01.2019 15:28

Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Google kompaniyasi o‘zining mobil operatsion tizim talqinlarini avval ichki doirada sinab ko‘rishidan xabaringiz bor. Jumladan, Android’ning navbatdagi versiyasi hozirda shunaqa test qilinyapti.

O‘QING: Xiaomi allaqachon arzonroq smartfonida Android Q tizimini sinab ko‘rmoqda!

Ayni shu – Android Q talqinida ishlaydigan Pixel 3 XL smartfoni  XDA-Developers resursi dasturchilarining qo‘liga tushib qolgan. Natijada ular mazkur talqindagi asosiy o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka ma’lum qilishgan.

  1. To‘qrang rejim bilan quvvatni tejaymiz

O‘ninchi avlod Android tizimining asosiy yangiliklaridan biri – Dark Mode, ya’ni to‘qrang (tungi) rejim hisoblanadi. Ushbu rejim tunda ishlashni qulaylashtirish bilan birga, akkumulyatorning quvvatini (ayrim hollarda 60 foizgacha) tejash imkonini beradi.

To‘g‘ri, Android Pie talqinida shunday funksiya bor, ammo u faqat launcher ranginigina o‘zgartiradi. Yangicha Android’da esa bu rejim sozlamalarga ham, barcha standart ilovalarga ham tegishli bo‘ladi. Darvoqe, bunday imkoniyat OnePlus smartfonlarida allaqachondan beri mavjud.

  1. Smartfonni kompyuterga aylantiramiz

Android Q’ning yana bitta qiziq va amaliy ahamiyatli o‘ziga xosligi Desktop Mode funksiyasidir. Afsuski, XDA-Developer dasturchilari hozircha uni sinab ko‘ra olishmagan.

Sozlamalarida ta’kidlanishicha, bu – qo‘shimcha displeylar bilan ishlash uchun joriy etilayotgan tajribaviy rejimdir. Nomidan ham ko‘rinib turibdi – Google kompaniyasi Samsung DeX hamda EMUI Easy Projection singari kompyuter rejimini tayyorlamoqda. Ya’ni, smartfonni dok-stansiya orqali monitorga ulab, undan kompyuter sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi!

O‘QING: Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!

  1. Ilovalarning ruxsatlarini nazoratga olamiz

Android Q talqinida turli ilovalarning tizim funksiyalariga ruxsatlarini cheklash tizimi takomillashtirilgan. Endi smartfon foydalanuvchisi qaysi dastur o‘zining joylashuvini aniqlayotgani, qo‘ng‘iroqlar yoki SMS-xabarlar tarixiga murojaat etayotgani haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishi mumkin.

Agarda biror ilova shu kabi shaxsiy ma’lumotlarga ko‘p murojaat etayotgan bo‘lsa, foydalanuvchi uning ruxsatini cheklashi mumkin.

O‘QING: Google Play’da yirik tozalash: qo‘ng‘iroq va xabarlaringizni «ko‘ruvchi» ilovalar o‘chiriladi!

  1. Yana boshqa yangi imkoniyatlar

Yuqoridagilardan tashqari, Android Q’ning dasturchilar uchun sozlamalari orasida o‘yinlar uchun drayverni tanlash imkoni ham mavjud. Buning qanday ishlashi hozircha noma’lum, lekin baribir qiziq.

Yana yangi talqinda Always on display funksiyasi ham tizimning o‘ziga tatbiq etilmoqda. Demak, Android Q tizimli barcha smartfonlarda bloklangan ekranning o‘ziga ham zastavka ko‘rinishidagi soatni hamda bildirishnomalarni chiqib turadigan qilish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Android 10 talqinida ekranning o‘zidan video yozib olish uchun ichki jihoz ham joriy etilmoqda.

O‘QING: Smartfon displeyidagilarni kompyuterga simsiz uzatishning eng oson yo‘li

Android Q Developer Preview birinchi versiyasi bahorning boshlarida chiqishi kutilmoqda. Foydalanuvchilar uchun ushbu tizimning taqdimoti esa dasturchilarga mo‘ljallangan Google I/O 2019 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!