Hali taqdim etilmagan Galaxy A10 Pro suratlarda: 48 MPlik selfi-kamera va baquvvat akkumulyator

  •   DiMaX
  •  4786
  •  27.12.2018 10:25

Hali taqdim etilmagan Galaxy A10 Pro suratlarda: 48 MPlik selfi-kamera va baquvvat akkumulyator

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi texnologiyalarini flagmanlaridan avval o‘rta narxli va hamyonbop smartfonlarida qo‘llashga qaror qilganidan xabaringiz bor. Jumladan, u Infinity-O turidagi displeyni ilk bor Galaxy A8s modeliga joylagan.

O‘QING: Galaxy A10 daktiloskopli ekranga ega ilk Samsung smartfoni bo‘lishi mumkin

Kuni kecha internetda janubiy koreyaliklarning yana bitta – Galaxy A10 Pro smartfoni haqidagi ma’lumotlar va uning render suratlari tarqaldi. Bu qurilma ham Galaxy A8s kabi «teshik» ekranga ega, ammo uning «tirqish»i ixchamroq bo‘lib, displeyning yuqori qismi o‘rtasida bo‘ladi.

Galaxy A10 Pro orqa paneli oddiy dizaynga ega, qo‘shaloq kamerasi gorizontal joylashgan.

Qizig‘i – Samsung bu modelida 48 megapiksellik datchikni old kameraga o‘rnatmoqda. Bosh kamera esa 24 va 8 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi.

O‘QING: «Teshik» ekranli Galaxy A8s savdoga chiqdi – narxi bilan tanishing!

O‘rta narxli smartfonlar «qiroli» bo‘lishi kutilayotgan Galaxy A10 Pro bulturgi flagman protsessor – Snapdragon 845 bazasida ishlaydi, ammo ayni damdagi eng ilg‘or Snapdragon 855 chipi qo‘llanishi ehtimoli ham mavjud. Devaysning tezkor xotirasi 6 va 8, doimiy xotirasi esa 64 va 256 gigabaytlik talqinlarda chiqadi. Shuningdek, mazkur model ancha sig‘imdor – 4300 mA/soatlik akkumulyator bilan ta’minlanadi.

Samsung o‘zining Galaxy A10 turkumidagi smartfonlarini yanvar oyida – CES 2019 ko‘rgazmasida taqdim etishi mumkin. Kompaniyaning hozirgacha savdoga chiqargan ayrim smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!