Hali taqdim etilmagan Galaxy A54 5G Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Hali taqdim etilmagan Galaxy A54 5G Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Samsung kompaniyasining hali taqdim etilmagan ikki smartfoni Geekbench onlayn ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Demak, ikki model tez orada taqdim etiladi. Ushbu ikki model Galaxy A54 5G va Galaxy F04s smartfonlaridir. 

A54 5G Samsung kompaniyasining eng ommabop bo‘lgan A5x qatorining yangi modeli bo‘lsa, F04s faqat ma’lum hudud bozori uchun ishlab chiqariladi. 

Galaxy A54 5G prototipi bir yadroli testda 776 ball, ko‘p yadroli testda esa 2599 ballni qo‘lga kiritdi. Testdagi model Android 13 operatsion tizimiga ega edi. Uning tezkor xotirasi esa 6GB ni tashkil qiladi. Katta ehtimol bilan smartfonning 8GB xotirali modellari ham sotuvga chiqadi. 

Smartfon chipseti S5E8835 raqami sifatida belgilangan. Mish-mishlarga ko‘ra, bu Exynos 1280 modelini yangi avlodi bo‘lib, u Exynos 1280 deb nomlanadi. Chip to‘rtta 2.4 gigagertsli hamda to‘rtta 2.0 gigagertsli yadrolardan tashkil topgan. Grafik protsessori sifatida Mali-G68 ko‘rsatilgan. 

Avvalgi mish-mish va ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Galaxy A54 5G modeli 25 vattda quvvat oluvchi 5,100 mAs sig‘imli akkumulyator, 50MP asosiy kamera hamda 120 gertsda ishlovchi 6.4 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Smartfon renderlari o‘tgan oyda ommaga taqdim etilgan edi. 

Galaxy F04s modeliga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu arzon smartfon eksklyuziv tarzda Flipkart do‘koni orqali taqdim etiladi. 

Ushbu smartfonning prototipi bir yadroli testda 163 ball, ko‘p yadroli testda esa 944 ballni qo‘lga kiritdi. Qurilmaga PowerVR Rogue GE8320 grafik protsessori bilan jihozlangan MediaTek Helio P35 chipseti o‘rnatiladi. Gadjet 3GB tezkor xotira ega hamda Android 12 operatsion tizimida ishlaydi. 

O‘QING: Samsung 100 dollarlik yangi smartfon chiqardi! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.