Hali taqdim etilmagan Galaxy A72 4G anboksing videosi, narx va jihatlari bilan batafsil tanishing!

  •   DiMaX
  •  1510
  •  15.03.2021 12:33

Hali taqdim etilmagan Galaxy A72 4G anboksing videosi, narx va jihatlari bilan batafsil tanishing!

Yaqindagina Samsung navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini e’lon qildi, uning asosiy qahramonlari Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlari bo‘ladi. Bulardan birinchisining anboksing videosini o‘tgan haftadayoq chiqarganmiz, yana allaqachon...

O‘QING: Namoyish qilinmagan Galaxy A52 5G kutilganidan ham arzon narxda do‘konlarga chiqdi!

Buni qarangki, hali rasmiy taqdmotidan oldin Galaxy A72 4G modelining ham anboksing videosini tarqatishdi! Slashleaks resursi esa bu qurilmaning asosiy texnik xususiyatlari hamda narxi haqidagi aniq ma’lumotlarni ham ulashgan.

Shunday qilib, ushbu smartfon diagonaliga 6,7 dyuymlik Super AMOLED ekranga ega. Displeyda kadr yangilanish chastotasi 90 gersga teng, tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida.

O‘QING: $150 evaziga 48 MPlik kvadrokamera va 6000 mAs batareyali Galaxy M12 to‘liq namoyish qilindi!

Samsung Galaxy A72 4G bosh kamerasi 64 + 8 + 12 + 5 megapiksellik modullarni o‘z ichiga oladi; ekran tirqishiga o‘rnatilgan selfi-kamera esa 32 megapiksellik aniqlikka ega. Smartfon korpusida USB-C porti hamda Galaxy A lineykasida ilk bor stereofonik dinamiklar qo‘llangan.

Akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatlik bo‘lib, 25 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Biroq bunaqa zaryadchik standart qadoqqa solinmagan (har holda, videoda shunaqa). Lekin telefonning qutisida silikon g‘ilof hamda SIM-karta uyachasini chiqarish ignachasi mavjud.

Galaxy A72 4G apparat platformasi Qualcomm Snapdragon 720G protsessori (Galaxy A72 5G versiyasida esa – Snapdragon 750G chipseti) qo‘langan. Dasturiy ta’minoti asosini Android 11 operatsion tizimi tashkil etadi – uning ustiga One UI 3.1 grafik qobig‘i o‘rnatilgan.

Mazkur smartfonning 4G-versiyasi tezkor/ichki xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra ikki xil variantda taklif etiladi. Hindistonda uning 8/128 gigabaytligini 34499 rupiyga baholashadi, bu esa 474,83 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Xotirasi 8/256 gigabaytlik Galaxy A72 4G uchun esa 37999 rupiy (yoki 523 dollar) to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!