Hali taqdim etilmagan Huawei Mate 20 Pro «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1161
  •  07.09.2018 18:41

Hali taqdim etilmagan Huawei Mate 20 Pro «jonli» suratlarda!

Xitoylik texnogigant o‘zining Huawei Mate 20 hamda Mate 20 Pro flagmanlarini 16 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida taqdim etishi kutilayotir. Bu ikki model ayni damdagi eng qudratli protsessor – Kirin 980 bazasidagi ilk smartfonlar bo‘ladi.

O‘QING: IFA 2018: Eng qudratli – 7 nanometrlik ilk protsessorni Huawei taqdim etdi!

Garchi ishlab chiqaruvchining o‘zi bu smartfonlarini hali ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, insayderlar allaqachon Huawei Mate 20 Pro modelining «jonli» suratini Weibo ijtimoiy tarmog‘iga chiqarib yuborishdi.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, fotosuratlarda Huawei Mate 20 Pro dizaynining avvalgi xabarlarda aytib o‘tilgan asosiy o‘ziga xosliklari namoyon bo‘lib turibdi. Ya’ni, katta ekranining tepa qismida «kemtik» mavjud, uning qirralari dumaloqlangan.

O‘QING: Huawei eng baquvvat akkumulyatorli flagmanini tayyorladi

Shuningdek, mana bu suratda uning orqa tomonidan ko‘rinishi aks ettirilgan:

Huawei Mate 20 Pro asosiy kamerasi noodatiy «kvadrat» shakldagi sensorlar va fotochaqnoqqa ega. Uning daktiloskopik datchigi ekraniga integratsiyalashgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Eng romsiz va «uchta ko‘zli» Mate 20 Pro «jonli» suratda: u Vivo NEX va Mi Mix 3’ni «changida qoldiradi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!