Hali taqdim etilmagan Huawei Mate 20 Pro uch rangdagi rasmiy suratlarda!

  •   DiMaX
  •  743
  •  25.09.2018 12:38

Hali taqdim etilmagan Huawei Mate 20 Pro uch rangdagi rasmiy suratlarda!

Huawei kelasi oyning 16-sanasida o‘zining flagman smartfonlari – Mate 20 hamda uning Pro-versiyasini rasman namoyish etadi. Kompaniya bu qurilmalarga jamoatchilik e’tiborini tortishning antiqa yo‘llarini qo‘llamoqda, hatto raqiblarini kalaka qilishdan ham toymayapti.

O‘QING: Allaqachon do‘konlarga «ko‘rinmas» Huawei Mate 20 Pro flagmani chiqdi

Hali taqdimotgacha vaqt bor, ammo bizda Huawei Mate 20 Pro flagmanining dizayniga hozirdanoq baho berish imkoniyati mavjud. Uning uch xil rang variantidagi rasmiy renderlari internetga chiqib ketdi. Ularga qarab, qurilmaning ayrim texnik xususiyatlari borasida ham asosli taxminlar qilsa bo‘ladi.

Suratlarda Huawei Mate 20 Pro qora, moviy va gradiyent ranglarda namoyon bo‘layotir.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Standart versiyasidan farqli ravishda, ushbu flagman ekranida keng «kemtik» mavjud. Bu esa foydalanuvchini qiyofasidan tanish uchun ilg‘or kameralar tizimi bo‘lishidan dalolat berayotir.

Orqa panelda barmoq izi skaneri ko‘rinmayotganiga qaraganda, xitoylik gigant Mate 20 Pro modelida daktiloskopik datchikni displeyning o‘ziga integratsiya qilyapti.

Original tarzda joylashgan uch modulli Leica kamerasi esa, tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, suv ostida ham suratga olish imkoniyatiga ega.

O‘QING: Huawei Mate 20 Pro: «suvosti rejimi» siri oshkor bo‘ldi