Hali taqdim etilmagan Huawei P30 Pro kamerofonini kompaniya rahbari «jonli» ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1207
  •  01.03.2019 10:49

Hali taqdim etilmagan Huawei P30 Pro kamerofonini kompaniya rahbari «jonli» ko‘rsatdi!

Xitoylik texnogigant kuni kecha o‘zining inqilobiy ishlanmasi – Huawei Mate X buklama smartfonini taqdim etgandi. Endi uning eng kutilayotgan yangi mahsulotlari – Huawei P30 hamda P30 Pro flagmanlaridir.

O‘QING: Huawei P30 flagmanlarining namoyish kuni rasman e’lon qilindi (+rasmiy video)

Ushbu smartfonlar bir necha bor sifatli renderlarda ko‘rsatilgan esa-da, ularning «jonli» suratlari hech uchramayotgan edi. Nihoyat, kecha – 27 fevral sanasida Huawei Devices ijrochi direktori Richard Yu (Richard Yu) qo‘lida Huawei P30 Pro bilan «qo‘lga tushdi».

Richard Yu qo‘lidagi smartfon xuddi o‘sha renderlarda aks ettirilgan Huawei P30 Pro flagman kamerofoniga o‘xshaydi. Juda ham aniq ko‘rinmayotgan esa-da, uni shubhasiz tanib olish mumkin. Axir, lazerli avtofokus va fotochaqnoqli, to‘rt modulli kameraga ega boshqa model yo‘q-da!

Ushbu rasmlarni turli insayderlik ma’lumotlarini e’lon qilishi bilan mashhur bo‘lgan SlashLeaks resursi tarqatgan. Bundan tashqari, mazkur sayt Vetnamda tushirilgan «jonli» rasmlarni ham e’lon qilgan.

Ularda Huawei P30 Pro aniq va sifatli tasvirlarda aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, Huawei P30 hamda Huawei P30 Pro flagmanlarining taqdimoti 26 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Hozirgacha savdoga chiqarilgan ayrim Huawei smartfonlarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda sotib olsangiz, omadingiz chopib, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Huawei P Smart 2019 qanday smartfon: tahlil va tavsif

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!