Hali taqdim etilmagan Huawei P30 Pro’ni qadog‘idan olib tomosha qilamiz! («jonli» video va suratlar)

  •   DiMaX
  •  1461
  •  25.03.2019 11:10

Hali taqdim etilmagan Huawei P30 Pro’ni qadog‘idan olib tomosha qilamiz! («jonli» video va suratlar)

Xitoylik texnogigant ertaga – 26 mart kuni Parij shahrida o‘zining Huawei P30 hamda P30 Pro smartfonlarini namoyish etadi. Terabayt.uz sayti esa allaqachon ularning bir nechta «jonli» suratlari va videosini ham e’lon qilgan.

O‘QING: Huawei P30 va P30 Pro misli ko‘rilmagan funksiyalarga ega! (+«jonli» suratlar)

Slashleaks resursi esa Huawei P30 Pro kamerofonining yangi «jonli» rasmlarini e’lon qildi – ularda flagmanning qadog‘idagi muhim ma’lumotlar ham aks etgan.

Quyidagi suratda Huawei P30 Pro yoqiq holida namoyish qilingan:

O‘QING: Huawei Nova 4e (yoki Huawei P30 Lite) taqdim etildi – «uch ko‘zli» selfifon!

Mana, rasmlardan birida Huawei P30 hamda Huawei P30 Pro qutilari yonma-yon qo‘yib ko‘rsatilgan:

Qadoqdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Huawei P30 Pro versiyalaridan biri 8 GBlik tezkor va 256 GBlik doimiy xotiraga ega; uning gradiyent tusli rangi esa rasman Breathing Crystal deb nomlanadi:

O‘QING: Huawei Mediapad 7 Lite plansheti tavsifi: 7 dyuymli hamyonbop ko‘makchi

Shuningdek, internetda Huawei P30 Pro kamerofoni «jonli» ko‘rsatilgan videolavha ham paydo bo‘ldi:

Aytish kerakki, Huawei kompaniyasining turli rusumlardagi smartfonlarini 825 222 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!