Hali taqdim etilmagan Redmi Note 11 Pro anboksing jarayonida (+video)

Hali taqdim etilmagan Redmi Note 11 Pro anboksing jarayonida (+video)

Redmi Note 11'ning anboksing videosidan so‘ng, Agrawalji Technical YouTube kanali hali rasman taqdim etilmagan Redmi Note 11 Pro qurilmasining ham anboksing videosini namoyish etdi. 

O‘QING: Redmi Note 11, Note 11 Pro, Note 11 Pro+ smartfonining texnik jihatlari hamda narxlari ma’lum bo‘ldi 

Muallif videoda smartfonning qadog‘i hamda qurilmaning har tomondan ko‘rinishini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, muallif smartfonni yoqib ham ko‘rgan. 

Anboksing jarayonida qutida 67 vattlik quvvatlash adapterining borligi hamda qurilma 120Hz, 6.61 dyuymli AMOLED displeyi, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, 64MP asosiy kamera va unga qo‘shimcha uchta kamera, 32MP selfi kamera, 6/128GB xotira va Dimensity 920 chipiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

Agrawalji Technical kanali avval ham bir qator rasman taqdim etilmagan smartfonlarning anboksing jarayoninini uyishtirgan edi. Bularga Galaxy Note10 hamda Galaxy M52 5G smartfonlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

Redmi Note 11 seriyasining taqdimoti 28 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. 

O‘QING: Redmi Note 11 smartfonining renderlari e’lon qilindi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!