Hali taqdim etilmagan smartfonni qutidan ochib ko‘rishdi

Hali taqdim etilmagan smartfonni qutidan ochib ko‘rishdi

Bir necha kun oldin Google kompaniyasining yangi Pixel 6a smartfonining unboksing videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan edi. 

Endi smartfonning jonli suratlari Facebook ijtimoiy tarmog‘iga yuklandi va tezda o‘chirib yuborildi. Qurilma 28 iyul sanasida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Facebook tarmog‘iga yuklangan suratlar esa smartfon qanday dizayndan ekanligiga oydinlik kiritdi. 

Kulrang rangdagi smartfon 6.1 dyuymli OLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, uning yuqori qismidan yumaloq tirqishli 8MP selfi kamera o‘rin olgan. Umumiy dizaynidan qurilma Pixel 6 modeliga juda o‘xshaydi. 

O‘QING: Galaxy S22 smartfonini 220 dollar arzonroqqa sotib oling 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!