Hali taqdim etilmagan uchta yangi iPhone taqqoslab ko‘rsatildi

  •   DiMaX
  •  2474
  •  22.05.2017 10:13

Hali taqdim etilmagan uchta yangi iPhone taqqoslab ko‘rsatildi

Gap-so‘zlarga qaraganda, Apple bu yil birdaniga uchta modelda smartfon chiqaradi: iPhone 7s, iPhone 7s Plus hamda iPhone 8 deb ataluvchi 10-yubiley versiyasi.

SlashLeaks sayti e’lon qilgan fotosuratda, ta’kidlanishicha, iPhone 2017 tizimidagi smartfonlarning ishlab chiqarilishida qo‘llanadigan shakllar ko‘rsatilgan. Har bir modelning qanday ko‘rinish olishi rasmda taqqoslab berilgan.

Apple’ning mazkur uchligida iPhone 7s eng kichkinasi va bittagina asosiy kameraga ega bo‘lganidir. Qolgan ikkita modelda esa asosiy kamera qo‘shaloq ob’yektivga ega bo‘ladi.

Aftidan, kompaniya yangi iPhone’larni sentyabr oyida taqdim etadi. Turli xabarlarga ko‘ra, iPhone 8 narxi 1000 AQSh dollaridan oshiqroq bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!